Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
11:46 / 2023-10-12

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Otabek Ibragimov ayni kunlarda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi hamda unga biriktirilgan ijtimoiy soha ob’ektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va bojxona postlari faoliyatini o‘rganmoqda.

O‘rganishlar dastlab Qorako‘l tumanida joylashgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyidan boshlandi. Muassasaning moddiy-texnikaviy ahvoli, viloyat bojxona boshqarmasi mas’ullari bilan birgalikda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning borishi va sovuq kunlarda isitish tizimining doimiy ishlashini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rish belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq “Olot” chegara bojxona posti infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida hududda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi. Chegara bojxona posti yo‘l qoplamasini temir-beton qoplamaga almashtirish hamda hududini obodonlashtirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarning belgilangan vaqtda sifatli yakunlanishi yuzasidan topshiriqlar berildi.

“Qorako‘l” TIF bojxona postida bojxona posti faoliyati bilan tanishish asnosida xodimlar bilan bo‘lgan suhbatda harbiy qasamyodga sodiq qolish, bojxonachi formasiga dog‘ tushirmaslik va korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida tavsiyalar berildi.

Bojxona posti hududida joylashgan “Point vision” MCHJ ga qarashli ochiq turdagi bojxona ombori faoliyati ham ko‘rib chiqildi. 

[gallery-13972]

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), 
O‘zA muxbirlari