Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari nazoratda
16:09 / 2025-08-14

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan joylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholini issiqlik hamda elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish ishlari doimiy nazoratga olindi.

Jumladan, Nukus tuman prokuraturasi tomonidan tabiiy gaz yetkazib berilishida tarmoqdagi yo‘qotishlar sabablarini aniqlash va energiya resurslarini iqtisod qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Tuman prokuraturasida tashkil etilgan shtab sa’y-harakati bilan jami 15,3 km yer osti gaz quvurlari “Maxsus mobil laboratoriya avtomashinasi” yordamida inventarizatsiyadan o‘tkazilganida 3 ta hududda 6,9 km yer osti gaz quvuri yaroqsiz holga kelib qolganligi va gaz sizib chiqishlar aniqlangan.

Bugunga kelib eskirgan 2,3 kilometrlik yer osti gaz quvurlarini yangisiga almashtirish ishlari bajarildi. Natijada  5,4 mln. m3 tabiiy gaz yo‘qotishlarining oldi olinishi yoki yillik limitning 9,5 foizi iqtisod qilinishiga erishiladi.

Shuningdek, Taxtako‘pir tuman prokuraturasi tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ahvoli o‘rganildi. Hususan, nosoz gaz trubalarini yangisiga almashtirish ishlari, avariya brigadalarining shayligi, dispetcherlik markazlarining uzluksiz  faoliyati doimiy nazoratga olindi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri