Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab kuz-qish mavsumiga hozirlik ko‘rilmoqda. Xususan, Toshkent shahar hokimligi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida 2024-2025 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Bunda ijtimoiy soha ob’ektlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarini mavsumga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ishchi guruh tomonidan favqulodda vaziyatlar hamda yirik avariyalarni bartaraf etish, kommunal tizimidagi muammolarni o‘rganish ishlari olib borilib, kerakli tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. FVB xodimlari tomonidan maxsus taktik-o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda.

Mavsumga hozirlik doirasida ta’lim dargohlarining o‘quv xonalarini isitish uchun ko‘mir yoqilg‘isi bilan qizdiriladigan qozonxona texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, soz holatga keltirilmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kichkintoylar ta’lim-tarbiya oladigan xonalarni isitishga mo‘ljallangan batareyalar holati ko‘zdan kechirildi.


Shuningdek, mahalladagi xonadonlarga quyosh panellari o‘rnatilishi, uning imkoniyatlari, afzalliklari yuzasidan xonadon egalari bilan muloqot qilindi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA