Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganildi
11:49 / 2023-08-01

Yurtimizda kuz-qish mavsumiga hozirlik ko‘rilmoqda. Ijtimoiy soha ob’ektlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarini mavsumga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bajarilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Oliy Majlis Senati a’zolari va mahalliy Kengashlar deputatlaridan iborat ishchi guruh Samarqand viloyati tuman va shaharlarida bo‘lib, haqiqiy holatni o‘rganmoqda. Jumladan, Oliy Majlis Senati a’zosi Farhod Boqiyev boshchiligidagi ishchi guruh Jomboy tumanida bo‘lib, hududda 2023-2024 kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi bilan tanishdi.

Tumandagi 24-umumta’lim maktabida mavsumga hozirlik doirasida ta’lim dargohining o‘quv xonalarini isitish uchun ko‘mir yoqilg‘isi bilan qizdiriladigan qozonxona texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, soz holatga keltirilgan. Hozircha 10 tonna ko‘mir zaxirasi shakllantirilgan. Maktab binosida 15 kVt quyosh panellari o‘rnatilgan va undan samarali foydalanilmoqda.

Ishchi guruh a’zolari quyosh paneli va akkumulyatori bilan jihozlangan 30-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining moddiy-texnik bazasi, kichkintoylar ta’lim-tarbiya oladigan xonalarni isitishga mo‘ljallangan batareyalar holatini ko‘zdan kechirdi.

Senator va deputatlar tumanning Alisher Navoiy mahallasida ham bo‘lib aholi xonadonlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida mahalla ahli bilan suhbatlashdi. Ularning kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammo va takliflarni eshitib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Mahalladagi xonadonlarga quyosh panellari o‘rnatilishi, uning imkoniyatlari, afzalliklari yuzasidan xonadon egalari bilan muloqot uyushtirildi.  

Ishchi guruh Toyloq tumanida ham mavsumga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganib, mutasaddilarga zarur tavsiyalar berdi. Shuningdek, “Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyatining viloyat filialiga qarashli ko‘mir omborlari faoliyati o‘rganildi.  

G‘.HASANOV,  

O‘zA