Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuz-qish mavsumida gaz ta’minoti – barqaror bo‘ladi
15:27 / 2025-11-17

Kuz-qish mavsumi yaqinlashar ekan, Jizzax viloyatida gaz ta’minotini barqaror ta’minlash maqsadida tizimdagi ishlar yanada jadallashtirildi.

Jizzax viloyatida 178 mingdan ziyod xonadon tabiiy gazdan, 134 ming 442 ta xonadon esa suyultirilgan gazdan foydalanmoqda.

Avariya holatlariga tayyorgarlik ko‘rilishi ham kuchaytirilgan. 912 metr quvur, texnika uchun zarur detallar va materiallar zaxirasi shakllantirilib, 14 ta avariya tiklash brigadalari tunu-kun navbatchilikka jalb etilgan.

Tabiiy gaz bo‘yicha yo‘qotishlar 11,8 foizdan 6,4 foizgacha kamaytirildi. Belgilangan 57 million kubmetr iqtisod rejasi o‘rniga amalda 82,3 million kubmetrga erishilib, 144 foizdan ortiq natija qayd etildi.

Suyultirilgan gaz ta’minotida ham mavsumiy tayyorgarlik yuksak darajada olib borilmoqda. 5 ta gaz tarqatish shoxobchasi, 32 ta maxsus avtotransport vositasi va 142 mingdan ortiq ballonlar orqali gaz yetkazib berilmoqda. Hozirda 166 tonna zaxira mavjud. Kuz-qish davrida 194 ta mahalladagi 134 mingdan ziyod xonadonga 11 ming tonndan ortiq suyultirilgan gaz yetkazish rejalashtirilgan.

Ushbu amalga oshirilayotgan ishlar bir maqsadga  – viloyatdagi har bir xonadon va har bir iste’molchini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan kafolatli, barqaror va uzluksiz ta’minlashga qaratilgan.

Tizimda  ishga  mas’uliyat bilan yondoshish aholining ishonchini mustahkamlayotgan asosiy omillardan biri bo‘lib qolmoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/jiyoe4Z9nyA" title="Kuz-qish mavsumida gaz ta’minoti – barqaror bo‘ladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

A.Qayumov (video, surat), O‘zA muxbiri