Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuz-qish mavsumi talabidan kelib chiqib, zarur miqdorda neft mahsulotlarini ishlab chiqarish ta’minlanadi
17:41 / 2022-10-25

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida o‘tkazilgan galdagi videoselektor yig‘ilishi 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha “Ishchi guruh” tashkil etilgan bo‘lib, amalga oshirilgan ishlarni sarhisob 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida bajarilgan ish sifati va samaradorligiga bag‘ishlandi.

Unda jamiyat boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha “Ishchi guruh” tashkil etilgan bo‘lib, amalga oshirilgan ishlarni sarhisobi va bu borada bajarilgan ishlarning natijadorligiga ahamiyat qaratdi.

Qayd etilganidek, sohadagi barcha ishlab chiqarish hamda qayta ishlash korxonalaridagi mavjud qurilmalarni bir maromda hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun qilingan ishlar monitoringini yuritish muhimdir. Shundan kelib chiqib, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida 3 ta ishlab chiqarish binosini mukammal ta’mirlash, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida 72 kilometr elektr tarmoqlarini ta’mirlash ishlarini bekamu ko‘st bajarish, Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi 2 ta texnologik qurilmani va 94 kilometr elektr tarmoqlarini ta’mirlash, Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasida 4 ta texnologik qurilmani ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

– Har bir ishning samarasi sifatga bog‘liq, – dedi M. Abdullayev. – Bu esa tizim jamoasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Belgilangan va rejadagi ishlarni o‘z vaqtida ado etish kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga zamin yaratadi. Muborak gazni qayta ishlash zavodida 3 ta gazdan oltingugurt ajratib olish qurilmalarini ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish, shuningdek, quduqlarni burg‘ilash va kapital ta’mirlash ham galdagi muhim ishlardir. Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi faoliyati muhokamasida joriy yilning 1 noyabriga qadar tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini sezilarli darajada oshirish lozimligini ko‘rsatib o‘tdik. Boshqarma tomonidan yil yakuni bilan 15 milliard 152,5 million metr kub, jumladan, IV chorakda 3 milliard 948,0 million metr kub gaz qazib chiqarish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, yil yakuniga qadar 12 ta yangi quduqni burg‘ilab ishga tushirish, 11 ta quduqda kapital ta’mirlash va 15 ta quduqda intensifikatsiya ishlarini amalga oshirish hamda 2 ta texnologik ob’ekt – “Dengizko‘l” siquv kompressor stansiyasi 2-agregatini, “Tegirmon guruhi konlari”dagi 48 kilometr gaz quvuri qurib ishga tushirish kerakligi belgilandi. Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan yil yakuni bilan 9 milliard 004,5 million metr kub, jumladan, IV chorakda 2 milliard 280,0 million metr kub gaz qazib chiqarishi hamda yil yakuniga qadar 9 ta yangi quduqni burg‘ilab ishga tushirish vazifasi qo‘yildi. 15 ta quduqda kapital ta’mirlash va intensifikatsiya ishlarini amalga oshirish, “Sho‘rtan” siquv kompressor stansiyasini modernizatsiya ishlarini bajarish, “Janubiy Tandircha” siquv kompressor stansiya qurilish ishlarini jadallashtirish ham ana shunday vazifalar sirasidandir.

Yig‘ilishda Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi faoliyati ham sarhisob qilinib, yil yakuniga qadar belgilangan rejalar ortig‘i bilan uddalanishi zarurligi ta’kidlandi.

Kuz-qish mavsumi talabidan kelib chiqib, zarur miqdorda neft mahsulotlarini ishlab chiqarishga e’tibor qaratildi. Bunda avtobenzin yil yakuni bilan 968,8 ming tonna, dizel yonilg‘isi 493,5 ming tonna, aviakerosin 117,5 ming tonna, mazut 100,7 ming tonna ishlab chiqarish belgilab olindi.

Shuningdek, yig‘ilishda tejamkorlik masalasida ham so‘z borib, korxonalarning boshqa ehtiyojlari uchun ishlatilayotgan elektr energiyasi sarfini 15 foizga kamaytirishga va ishlab chiqarishda energiya samarador texnologiyalarni keng joriy qilish, korxonalarni quyosh energiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr tokiga aylantiradigan fotovoltaik konvertor, ya’ni yarimo‘tkazgichli qurilma – quyosh batareyalari bilan ta’minlash borasida tegishli topshiriqlar berildi.

Nasiba ZIYODULLAEVA, O‘zA