Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuz-qish mavsumi oldidan maxsus avtomashinalar topshirildi
17:50 / 2025-09-26

FOTOREPORTAJ

«Hududgaz Namangan» gaz ta’minoti filiali tizimidagi xizmat samaradorligini oshirish va ish jarayonini zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlash maqsadida navbatdagi muhim qadam qo‘yildi.

Namangan, Kosonsoy, Uychi, Yangiqo‘rg‘on va Norin tumanlarining suyultirilgan gaz ta’minoti xizmatiga 5 ta zamonaviy «Isuzu» rusumli xizmat avtomobili hamda viloyatning barcha hududiy bo‘limlaridagi gaz ta’minoti ob’ektlarini texnik tiklash va ishlatish xizmati chilangarlariga esa 34 ta elektro-skuterlar tantanali ravishda topshirildi.  

«Isuzu» rusumli avtomashinalar aholining suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning har biri maxsus uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, maishiy gaz ballonlarini xavfsiz tashish va yetkazib berish imkonini beradi. Elektro-skuterlar esa gaz tarmoqlarida xizmat ko‘rsatish, avariyaviy chaqiruvlarga tezkor yetib borish, nazorat va profilaktika ishlarini samarali bajarishda katta yordam beradi. Ular ayniqsa, shahar ichida va tor ko‘chalarda erkin harakatlanish, shovqinsiz va ekologik toza xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Bu esa nafaqat vaqt va resurslarni tejaydi, balki atrof-muhitga salbiy ta’sirni ham kamaytiradi.  

[gallery-25481]

Tadbirda «Hududgazta’minot» AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari T. Turdiyev, viloyat hokimi o‘rinbosari G‘. Jamolov ishtirok  etdi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA