Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuz – o‘tkir respirator virusli infeksiyalar keng tarqaladigan fasl
13:55 / 2022-10-28

Kuz fasli o‘tkir respirator virusli infeksiyalar va gripp bilan kasallanishning ko‘tarilish davri hisoblanadi. Bu kasalliklarning, ayniqsa grippning xavfi shundaki, ular juda tez tarqaladi va bu infeksiyaning ommaviy tarqalishiga olib kelishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitalida “Gripp va boshqa o‘tkir respirator infeksiyalar profilaktikasi” yuzasidan vazirlikning barcha hududiy tizimlari harbiy vrachlari ishtirokida onlayn anjuman o‘tkazildi. 
  
Unda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘limi mutaxassislari gripp bo‘yicha dunyoda va respublikamizdagi epidemik vaziyat, 2022-2023 yillar mavsumida aholi orasida epidemik barqarorlikni ta’minlash borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’ruza qildi. 
  
– O‘tkir respirator kasalliklar havo-tomchi orqali yuqib, nafas yo‘llarining turli qismlari yallig‘lanishi va intoksikatsiya sindromi bilan kechadigan virusli xastaliklar guruhiga kiradi, – deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘limi bosh mutaxassisi K.Rajabboyeva. – O‘tkir yuqumli kasalliklarning barchasi mavsumiy xarakterga ega. Ya’ni, bu xastaliklar yilning boshqa davrlariga nisbatan aynan kuz-qish mavsumida ko‘p uchraydi. Bu guruhga bir necha kasalliklar, xususan, gripp, paragripp, adenovirus, rotavirus, enterovirus, shuningdek, bakterial pnevmokokk, meningokokk, stafilokokk kabilar kiradi. Bu kasalliklar juda tez tarqalgani uchun xavfli sanaladi. Bu esa infeksiyaning ommaviy tarqalishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, kasallik vaqtida davolanmasa og‘ir asoratlarni keltirib chiqarishi, ayrim hollarda o‘limga olib kelishi mumkin. 


  
Mohigul Qosimova, O‘zA