Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuz havosi yozning issig‘idan yashiringan virus va bakteriyalar uyg‘onishi uchun qulay
08:15 / 2021-09-28

Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, tibbiyot fanlari doktori Sevara Ubaydullayevaning vazirlik matbuot xizmatiga ta’kidlashicha, kuz fasli o‘zining sekin-asta sovuqlashayotgan havosi bilan insonlar organizmiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi.

Bu faslda kunduzgi harorat nisbatan issiq bo‘lsa-da, kechasi havo haroratining pasayib borishi kuzatiladi. Bunday sharoit yozning issig‘idan yashiringan virus va bakteriyalar uyg‘onishi uchun qulay. Shuningdek, kuz inson organizmining sovuq kunlarga moslashib boradigan fasldir. Bu jarayon aksariyat hollarda inson salomatligiga ta’sir qilmasdan qolmaydi. Shu bois, turli virus va bakteriyalar ta’sirida insonlarda shamollash alomatlari ko‘payadi. Koronavirus infeksiyasi, nafas a’zolarining yallig‘lanishi kabi holatlar bilan kuzgi va qishki mavsumda uyg‘onadigan infeksiyalarning o‘xshash alomatlari bo‘lgani uchun aholi orasida turli xavotirlar paydo bo‘ladi. Bunday vaziyatda xavotirlarning o‘rinli yoki o‘rinli emasligini shifokorlar aniqlashtiradi, albatta.  

– Shuning uchun o‘zida shamollash alomatlarini sezgan kishi oilaviy shifokorga murojaat qilishi lozim, deydi – S.Ubaydullayeva. – U inson organizmida kechayotgan jarayonni o‘rganib, alomatlar koronavirus yoki boshqa jiddiyroq xastalikka xos yoxud xos emasligini aniqlaydi hamda aniq davolash tartibini tavsiya qiladi.

Mohigul Qosimova,

O‘zA