Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuydirgi kasalligi haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi
14:51 / 2021-01-11

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryo viloyati, xususan, Chiroqchi tumanining tog‘li qishloqlarida chorva mollarida kuydirgi kasalligi kuzatilmoqda. Buni fuqaro D. B kasal molini so‘yib olganidan keyin payqab qolgan” mazmunidagi xabarlar tarqalgan edi.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasida mazkur masalani o‘rganish yuzasidan guruh tashkil qilinib, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani epizootik ko‘rikdan o‘tkazildi.

O‘rganishlar natijasida qoramolini kuydirgi kasalligiga gumon qilib, dastlabki ma’lumotni “Qalqama” MFY Mang‘it qishlog‘ida yashovchi Dilmurod To‘rayev tarqatganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, mazkur qoramolni klinik ko‘rikdan o‘tkazib, utilizatsiya qilish bo‘yicha “Oqchova” veterinariya uchastkasi vetvrachi Samad Egamberdiyev ko‘rsatma berganligi aniqlandi.

Samad Egamberdiyevning utilizatsiya qilingan moldan olgan namunalari va o‘sha joydagi tuproq tarkibi labaratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilganda nafaqat kuydirgi, balki qoramollarda uchraydigan boshqa yuqumli kasalliklar uchramadi.

“Oqchova” veterinariya uchastkasi vetvrachi ko‘rsatmasiga ko‘ra, Dilmurod To‘rayevning qoramoli ichki a’zolarining surunkali shamollashi tufayli nobud bo‘lgan.

Ta’kidlab o‘tamiz, qo‘mita tomonidan epizootik barqarorlikni ta’minlash uchun bahor va kuz oylarida o‘tkazilgan “Zarbdor yetmish kunlik” tadbiri doirasida Qashqadaryo viloyatidagi barcha turdagi uy hayvonlari yuqumli kasalliklarga qarshi emlangan.

 

Veterinariya va chorvachilikni

rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Axborot xizmati