English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuvayt vakili - OPEK Bosh kotibi
19:15 / 2022-08-01

Kuvayt vakili Xaysam Al-G‘ays 1 avgust kuni rasman neft eksport kiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) Bosh kotibi lavozimiga kirishdi. Al-G‘ays yanvar oyi boshida OPEK vazirlarining maxsus videoselektor yig‘ilishida ushbu mansabga saylangan edi. Darvoqe, uning ismi-sharifi nomzodlar ro‘yxatida yagona edi.

“TASS” xabariga ko‘ra, Al-G‘aysning Bosh kotib sifatidagi faoliyati OPEK+ doirasida 2-3 avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuv bilan boshlanishi kutilyapti. Shu kunlari texnik va monitoring qo‘mitalari hamda alyans vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

OPEKning avvalgi Bosh kotibi ushbu lavozimda ikki muddat - 2016 yildan buyon ishlagan Muhammad Barkindo iyul oyi boshida vafot etdi. Uning vakolati 2022 yil iyul oyi oxirida tugar edi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA