O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Kuvaytning "Burgan International" kompaniyasi boshqaruvi raisi Sa’dun Hammad Al-Otaybiy bilan uchrashdi.
Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan muzokara davomida investitsiya va sanoat sohalaridagi hamkorlikning ikki tomon uchun amaliy ahamiyatga ega istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Muloqotda farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, brendlangan generiklar va bolalar uchun mo‘ljallangan dori vositalari ishlab chiqarishni rivojlantirish, farmatsevtika mahsulotlarini ro‘yxatdan o‘tkazishga yondashuvni muvofiqlashtirish, shuningdek mintaqaviy bozorlarga eksportni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ikki tomonlama anglashuv memorandumi tayyorlash tashabbusi ko‘rib chiqildi.


Uchrashuv yakunida lokalizatsiya, texnologiya almashinuvi hamda qo‘shimcha qiymat yaratish yo‘lidagi tizimli va uzoq muddatli sheriklikni yanada chuqurlashtirishdan o‘zaro manfaatdorlik qayd etildi.
G.Sattorova, O‘zA