French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuvayt aviakompaniyasi O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarni amalga oshiradi
12:20 / 2021-01-29

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Kuvaytning “Jazeera Airways” aviakompaniyasi vitse-prezidenti Ravindran Bxaratxan boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokara o‘tkazdi.

Uchrashuvda Kuvaytdan O‘zbekiston shaharlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarni yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizga kuvaytlik sayyohlar oqimini oshirish va turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Mehmonlarga O‘zbekistonning turistik salohiyati, turizm sohasidagi islohotlar, fuqarolik aviatashuvlari bozorini liberallashtirishga oid chora-tadbirlar, hududiy aeroportlarda “ochiq osmon rejimi”ning joriy qilinishi haqida batafsil ma’lumot berildi. Respublikamizda jahon xavfsizlik standartlariga javob beruvchi va tibbiyot sohasidagi so‘nggi yutuqlarga muvofiq sayyohlar uchun yaratilgan yangi – “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” sanitar-epidemiologik xavfsizlik tizimiga e’tibor qaratildi.

Kuvayt delegatsiyasi vakillari 2021 yil mart oyidan “Kuvayt – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviareys ochilishiga, kelgusida esa O‘zbekistonning boshqa turistik markazlariga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirdi.

“Jazeera Airways” Kuvaytning eng yirik aviakompaniyalaridan biri bo‘lib, Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyoning 40 ga yaqin mamlakatiga muntazam reyslarni amalga oshiradi hamda eng yangi A320 samolyotlar parkiga ega.  

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, tomonlar O‘zbekistonning turistik salohiyatini Kuvaytda targ‘ib qilish, ushbu arab davlatida mamlakatimizning tanilishi va sayyohlar oqimini oshirishga yo‘naltirilgan promo-tadbirlar va info-turlarni birgalikda o‘tkazishga kelishildi.