French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuvasoyda kechki hosil terimi davom etmoqda
13:33 / 2025-11-20

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi “Erkinjonov Javohir bog‘i” fermer xo‘jaligida ayni kunlarda kechki hosilni yig‘ib olish ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.

[gallery-26341]

Xo‘jalikka qarashli bir gektarga yaqin maydonda ekilgan olmaning kechki navi bu yil ham yuqori hosil berdi. Bog‘bonlar aytishicha, mazkur navning eng muhim jihati — 12 darajagacha bo‘lgan sovuqqa chidamliligi, shuningdek, serhosilligi va uzoq muddat o‘z sifatini yo‘qotmasligidir.

Aynan shu xususiyatlari tufayli xo‘jalikda yetishtirilayotgan olmalar ichki bozorda katta talabga ega bo‘lmoqda. Mevalarning tashqi ko‘rinishi, ta’mi va saqlash muddati yuqori baholanib, xaridorlar soni yildan-yilga ortayapti. Hosilni o‘z vaqtida va sifatli terib olish, tashish hamda saralash jarayonlari to‘g‘ri tashkil etilgani fermer xo‘jaligi samaradorligini yanada oshirmoqda.  

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA