Kutubxonada yangi “pop-up” o‘quv zali ish boshladi
FOTOREPORTAJ
Dunyo sayyohlarini o‘ziga jalb etayotgan Buxoro xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi doirasida Respublika bolalar kutubxonasi – sobiq “Pochchoqul Xo‘ja” masjidi (XIX asr) binosida “pop-up” o‘quv zali ishga tushirildi.
[gallery-25596]
Mazkur tarixiy makon o‘quvchi va tadqiqotchilar uchun jozibador ma’rifiy maskanga aylangan. Tashrif buyuruvchilar e’tiboriga o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi badiiy asarlar va ensiklopediyalardan tortib, bolalar va ilmiy-ommabop kitoblargacha bo‘lgan sara adabiyotlar to‘plami havola etiladi.
Kutubxonada har hafta mahorat darslari, bolalar uchun turli ma’naviy-ma’rifiy dasturlar tashkil etiladi. Bu yerga tashrif buyuruvchi kitobxonlar barcha to‘plamlardan erkin foydalanish imkoniga ega.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA