French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kutubxona yozgi ta’tilda yanada gavjumlashgan
05:33 / 2023-07-13

FOTOREPORTAJ

Prezidentimizning 2019 yil 7 iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori jamiyatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, buning uchun joylardagi kutubxonalar faoliyatini zamon talablari asosida yaxshilashda dasturliamal bo‘lmoqda.

[gallery-12754]

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat axborot-kutubxona markazi ham kapital ta’mirdan so‘ng yangicha qiyofa kasb etdi. Zamonaviy texnika va jihozlar bilan ta’minlangan markazning birinchi qavatida nogironligi borlar uchun o‘quv zali, ilmiy-metodika xizmati, axborot-kommunikatsiya va raqamlashtirish xizmati, majlislar zali, ikkinchi qavatida esa “Adolat”, Abu Ali Ibn Sino va O‘zbekiston nomi bilan atalgan o‘quv zallari, axborot-bibliografiya xizmati, uchinchi qavatida axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmati, kataloglashtirish va axborot-kutubxona fondlariga ishlov berish xizmati, madaniy-ma’rifiy va yoshlar zali hamda elektron kutubxona tashkil qilingan.

Joriy yilning may oyida foydalanishga topshirilgan ushbu markaz  yozgi ta’tilda yanada yosh kitobxonlar bilan gavjumlashgan. Bu yerda yigirmadan oshiq tilda 300 mingga yaqin bosma va elektron resurslar fondi  mavjud.

 

Tohir ISTATOV(surat),O‘zA