FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi qayta ta’mirdan chiqarilib, kitobxonlar xizmatiga topshirildi.
Endilikda ushbu ziyo maskani zamonaviy talablar asosida jihozlangan, keng va yorug‘ xonalarda faoliyat yuritadi.
Qurilish-ta’mirlash ishlarini “Kafrun-Trans” xususiy korxonasi amalga oshirdi. Loyihaning umumiy qiymati esa 1 milliard 455 million so‘mni tashkil etdi.
[gallery-20756]
Kutubxona 1972 yilda qurilgan bo‘lib, bugungi kunda unda 105 ming 400 dan ziyod kitob fondi mavjud. Shundan 10 ming 520 tasi elektron adabiyotlardan iborat. Joriy yilda kutubxona 22 ming 400 nafar kitobxonni o‘z safiga qabul qildi. Bu yosh avlodda kitobga bo‘lgan qiziqishning oshayotganidan dalolat.
Muassasada adabiyotlarni saqlash hamda ma’lumot va bibliografiya sho‘’balari, uslubiy, axborot resurslari va texnologiyalari, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, madaniy-ommaviy tadbirlar, maktablarga amaliy uslubiy yordam ko‘rsatish, kitoblarni jamlash va katalog yaratish bo‘limlari faoliyat yuritmoqda.
Yangi qiyofadagi zamonaviy kutubxona kitobsevar bolalarning sevimli maskaniga aylanishi shubhasiz.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/KA_rte8ajQg?si=sec-zGITyw1p7Q9u" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat,video),O‘zA