Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kushonlar va yuechjelar bitta xalqmi?
14:36 / 2023-05-11

Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya institutida Surxondaryo havzasida olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning asosiy natijalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Samarqand arxeologiya instituti va Xitoy Shimoli-G‘arbiy unversiteti arxeolog olimlari, mutaxassislar va yosh izlanuvchilar ishtirok etdi. Seminarda Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida olib borilgan arxeologik qazuv ishlarida erishilgan natijalar haqida so‘z yuritildi.  

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma ekspeditsiyasi tomonidan Shimoliy Baqtriya tog‘ etaklarida yashagan ko‘chmanchi aholiga tegishli “Rabot” yodgorligida olib borilgan qazishma ishlari va dala arxeologik qiduruv jarayonida miloddan avvalgi I asrning ikkinchi yarmi va milodiy II asrning birinchi yarmiga oid qadimiy qabr qo‘rg‘onlari aniqlangan.  

– Ekspeditsiyamizning asosiy maqsadi Xitoy hududidan Markaziy Osiyoga, ya’ni o‘sha vaqtdagi qadimgi Baqtriya hududiga kirib kelgan yuechjelarni o‘rganish, – deydi Xitoy Shimoli-G‘arbiy universiteti professrori Van Szyan Sin. – Sababi, G‘arb manbalarida kushonlar yuechjelarning bir qismi deyilgan. Bu qanchalar to‘g‘ri yo noto‘g‘ri ekanligini bilish maqsadida qazishma ishlarini olib bordik. Avval biz Xitoy hududida Ganzu va Senjoy provinsiyasida o‘rganish ishlarini olib bordik. Qadimgi manbalarda yozilishicha yuechjelar xunlarning ta’sirida Xitoy hududini tark etib O‘rta Osiyoga kirib kelgan.  

Surxondaryo vohasidagi daryoda qazishma ishlari olib borganimizda u yerda hozirgacha topilgan ma’lumotlardan aytishimiz mumkinki, kushonlar va yuechjelar bir-biriga o‘xshamaydigan alohida xalq. Kushonlar Yunon-Baqtriyaning keyingi avlodlari. G‘arb manbalarida yozilishicha, miloddan avvalgi I asrda tashkil topgan Kushonlar imperiyasiga yuechjelarning keyingi avlodi asos solgan deyishadi. Bizda bu ma’lumotning noto‘g‘riligini isbotlovchi dalillar mavjud. Suxondaryoning dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan o‘troq aholisi Yunon-Baqtriyaning keyinggi avlodlari. Yunon-Baqtriya va Kushon imperiyasi milodiy I asrda katta hududda tashkil topadi. Hozirgi O‘zbekistonning janubidagi tog‘ hududida asosiy manzillari bo‘lgan. Biz ekspeditsiyamizni davom ettirib, kushonlar va yuechjelarning alohidaligini isbotlovchi yanada ko‘proq ma’lumotlar topish hamda uni jamoatchilikka taqdim qilish niyatidamiz.  

Seminar so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.  

G‘. HASANOV,

A. ISROILOV (surat), O‘zA