Kushon tangalari olib chiqib ketilishiga yo‘l qo‘yilmadi
Ellik yil muqaddam va undan ham oldin yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin emas.
Ammo “Samarqand-Vnukovo” yo‘nalishidagi aviareys bilan xorijga ketayotgan fuqaro A.A.ning bagaj sumkasi rentgen apparati yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazilganda unda yurtimizdan olib chiqish mumkin bo‘lmagan ashyolar borligi ma’lum bo‘ldi.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bagaj sumkasidan Kushonlar davriga oid 5 dona qadimiy tanga, tarozi kalibrovkasini o‘lchaydigan 3 dona qadimiy metal hamda 1 donadan 7,62 kalibrli gilza va otilgan o‘q qoldig‘i borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
G‘.Hasanov, O‘zA