Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kusherbayev bilan suhbat: sobiq deputat yangi lavozimi, yangi vazifasida ishlay oladimi? (+video)
16:55 / 2023-02-03

Xabaringiz bor, Rasul Kusherbayev O‘zbekiston Tabiat resurslari vaziri — Aziz Abduhakimovning maslahatchisi etib tayinlandi va Tabiat resurslari vazirligida allaqachon o‘z faoliyatini boshlab yuborgan.

Doim xalq ichida turib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilgan Qonunchilik palatasining sobiq deputati bugun yangi jamoa, yangi lavozimda qanday ishlaydi? 

U soha bilan qanchalik tanish va ayni kunda soha muammolarini nimalarda ko‘rmoqda?  

Poytaxt atmosferasining buzilishiga sabab bo‘layotgan asosiy omillar borasida uning fikri qanday?  

Qanday qilib ekologiya sohasi xodimlarini bosimlardan muhofaza qilish mumkin?  

Bugun vazir maslahatchisi ilgarigidek aholi muammolariga quloq tuta oladimi?  

O‘zbekiston Tabiat resurslari vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev O‘zA muxbirining shu mazmundagi savollariga javob berdi.  

P/S: To‘satdan xonasiga kirib borishimizni kutmagani bois, Rasul Kusherbayev avvaliga xayron bo‘ldi. Maqsadimizni bilgach, vazirlikda ish faoliyatini boshlaganiga hali hech qancha vaqt bo‘lmagani, sohaga endi kirishib, uni izchil o‘rganishga harakat qilayotgan bir paytda intervyu berish noqulayligini aytib hijolat bo‘ldi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/LujaS4MES2c" title="Kusherbayev bilan suhbat: sobiq deputat yangi lavozimi, yangi vazifasida ishlay oladimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>