Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kursantlarning bilim va intellektual salohiyati sinovdan o‘tkazildi
10:15 / 2022-02-25

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida kursantlar o‘rtasida “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish hamda soha muammolarini yechishda umumkasbiy, tabiiy-ilmiy fanlar va innovatsion texnologiyalarning o‘rni” mavzuidagi viktorina bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 29 oktyabrdagi “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda Oliy harbiy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, FVV akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti vakillari, harbiy xizmatchilar hamda iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish, yong‘inga qarshi muhofazani takomillashtirish, sohaga yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash amaliyotini yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda akademiyaning kursantlaridan tarkib topgan 3 ta jamoa soha muammolarini yechimiga qaratilgan 3 shart asosida o‘z bilim va intellektual salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Jumladan, “Tanishish sharti”, “Muammoli masalalar yechish” hamda “Amaliy masalalar yechish” shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. Ularning ishtiroki hakamlar hay’ati tomonidan baholanib borildi.

[gallery-5892]

– Yangi O‘zbekistonda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda, – deydi akademiya katta o‘qituvchisi, mayor Farhodjon Xojayev. – Akademiyada o‘tkazilayotgan mana shunday qiziqarli viktorina o‘yinlari zamirida ham, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimlariga qaratilgan tabiiy-ilmiy masalalarga qiziqtirish va ularning bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash yotadi.

Tadbir yakunida viktorina g‘oliblari va eng faol ishtirokchilarga diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar topshirildi.

 

Gulnoza Boboyeva, Nosirjon Haydarov (surat),O‘zA