Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kursantlarga diniy ekstremizmning salbiy oqibatlari xususida tushunchalar berildi
14:45 / 2025-09-19

FVV akademiyasida kursantlar uchun “Dunyoning diniy konfessional manzarasi va globallashuv jarayonida din omili” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, professor, polkovnik Muzaffarjon Mamasiddiqov kirish so‘zi bilan ochib, ushbu davra suhbati globallashuv jarayonida dinning jamiyat hayotidagi o‘rni, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlash, yoshlarni sog‘lom ma’naviy ruhda tarbiyalash kabi dolzarb masalalarni qamrab olgani bilan alohida ahamiyat kasb etishini e’tirof etdi.

Shuningdek, tadbirda diniy-ma’rifiy jarayonlar, dunyo miqyosida yuz berayotgan konfessional o‘zgarishlar, diniy ekstremizm va radikalizmning salbiy oqibatlari hamda yoshlarni sog‘lom dunyoqarash ruhida tarbiyalashning muhim omillari haqida tushunchalar berildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA