Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kursantlar vatanga qasamyod qildi
11:40 / 2022-10-04

Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida birinchi bosqich kursantlarining qasamyod qabul qilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i, general-polkovnik Qobul Berdiyev ochib berdi. “Vatanga qasamyod” tantanali tadbiri kursantlar uchun faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otish bilan bir qatorda, ulkan mas’uliyat va tanlagan kasbiga umrbod sodiqlikni ham talab etishini ta’kidladi. 

Shuningdek, tabiiy va texnogen tusdagi ofatlar bilan kurashib, o‘z jonlarini xatarda qoldirib, ko‘plab insonlarning hayoti, mol-mulklarini saqlab qolish – beqiyos insoniy fazilat va eng sharafli xizmat ekanligi e’tirof etildi. 

– Favqulodda vaziyatlar vazirligi Shahrisabz “Temurbeklar maktabi”ni muvaffiqiyatli tamomlab, vazirlik Akademiyasiga o‘qishga kirganimdan bag‘oyatda xursandman, – deydi kursant Xumoyun Husanov. –bugungi kun hayotimdagi eng unutilmas kunlardan biridir. G‘urur, sadoqat va oriyatni eng oliy qadriyat, deb biladigan yigit uchun bu shunchaki rasmiy tadbir emas, balki yigitlik sha’ni, or-nomusini o‘rtaga qo‘yib, o‘z zimmasidagi mas’uliyatli hamda sharafli burchni ado etishga bel bog‘lash, ahd-paymon qilish marosimidir. 

– Akademiyada chuqur bilim olish bilan birgalikda, vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilib, mamlakatimiz ravnaqini oshirishga, Prezidentimizning biz yoshlarga bildirayotgan yuksak ishonchlarini oqlashga ahd qilganman, – deydi birinchi bosqich kursanti Doniyor Shoymurodov. – Akademiyaning kursanti bo‘lishdek baxtga muyassar bo‘lish bilan birga, barcha safdoshlarim bilan ilk marotaba ona Vatanimga qasamyod qilganimdan faxrlanaman. 

 

Gulnoza Boboyeva, 
O‘zA