Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kursantlar ingliz tili bo‘yicha bellashdi (+video)
20:29 / 2026-01-22

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida Harbiy va harbiylashtirilgan oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida xorijiy tillar bo‘yicha fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Olimpiada ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqich og‘zaki, ijodiy-amaliy shaklida o‘tkazildi. Unda jamoalarning nutq ravonligi, erkin tilda so‘zlasha olish qobiliyatlari sinovdan o‘tkazildi. Ikkinchi bosqich esa yozma tahliliy bosqich bo‘lib, unda jamoalarning til bo‘yicha lug‘at boyligi, grammatik bilimdonligi va ifodalay olish qobiliyatlari sinovdan o‘tkazildi.

Ushbu fan olimpiadasini O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining mutaxassislaridan iborat komissiya a’zolari xolis va shaffof baholab bordi.

Fan olimpiadasining yakuniy natijalariga ko‘ra, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kursantlaridan iborat jamoa 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, Bojxona instituti kursantlaridan iborat jamoa 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursantlaridan tarkib topgan jamoaga 3-o‘rin nasib etdi.

Yakunda g‘oliblar hamda turli nominatsiyalar bo‘yicha faol ishtirok etgan jamoalarga diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/hSGTbesJr9U?si=_na5DOM4MPn8-xkq" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Gulnoza Boboyeva,  

Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj),  

O‘zA