Kursantlar ekskursiya orqali zarur bilimlarga ega bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga FVV akademiyasi kursantlarining ekskursiyasi tashkil etildi. Ekskursiya davomida kursantlarga institut tarixi hamda hozirgi kundagi faoliyatining asosiy bosqichlari xususida ma’lumot berildi. Amaliyotga keng tatbiq qilinayotgan akademik-olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Shuningdek, kursantlarga institutning VVR-SM tadqiqot reaktorining tuzilishi, ishlash prinsiplari haqida ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga kursantlar Favqulodda holatlarda xodimlarning maxsus yashirinish joylarining holatlari, tegishli hujjatlari bilan yaqindan tanishdi.



Memorandum doirasida tashkil etilgan ekskursiya kursantlarda katta taassurot qoldirdi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA