Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kursant va tinglovchilarga 70 nusxadan ortiq psixologik qo‘llanmalar topshirildi
18:11 / 2023-09-21

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Ta’lim sifatini oshirish – oliy maqsadimiz!” shiori ostida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitetda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlar xususida so‘z bordi. Tinglovchilar va tarbiyaviy-psixologik faoliyat mutaxassislari uchun tayyorlangan o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha ma’lumot berildi.    

Shundan so‘ng kursant, tinglovchi va talabalar o‘quv jarayonida foydalanishlari uchun 70 nusxadan ortiq “Psixologik trening asoslari”, “Sotsial-psixologik trening” darsliklari, “Pedagogik-psixologik lug‘at”, “Umumiy psixologiya” va “Eksperimental psixologiya” fanlaridan o‘quv-uslubiy majmualar taqdim etildi. 

Universitetda ta’lim olish uchun yaratilgan qulay va zamonaviy sharoitlardan unumli foydalanib, yetuk kadr bo‘lib yetishish maqsadi har bir ta’lim oluvchining kundalik qoidasiga aylanishi lozimligi ta’kidlandi.    

 

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA