Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kursant onalarini sharaflaymiz
12:38 / 2024-01-22

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasida amaliyot o‘tayotgan Bojxona institutining bitiruvchi kurs kursantlari va ularning ota-onalari bilan “Kursant onalarini sharaflaymiz” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda o‘qish davomida o‘zining namunali xulqi, yuqori natijalari hamda tengdoshlariga o‘rnak ko‘rsatib kelayotgan kursantlar e’tirof etildi. Ularning ota-onalariga minnatdorchilik bildirildi.  

–O‘g‘lim sharafli va mashaqqatli kasbni tanlagan, – deydi Bojxona instituti 4-bosqich kursanti Bahromjon Rahimovning onasi Vafoyeva Salomat. – O‘qishlari davomida doimo namunali xulqi, yuqori natijalari bilan do‘stlari orasida e’tirof etildi. Bundan xursandman, shunday farzandim borligidan faxrlanaman.    

[gallery-15577]

Shuningdek, uchrashuv davomida bojxona xodimi bo‘lish arafasida turgan kursantlarning oila a’zolariga bojxonachi kasbining sharafi, uning mashaqqati, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida sobit turishlik kabi fazilatlar lozimligi ta’kidlandi.  

Uchrashuv so‘nggida kursantlarning ota-onalari bojxona organlari faoliyati bilan yaqindan tanishishi uchun boshqarma ma’muriy binosi hamda “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postiga maxsus ekskursiya tashkil etildi. Bu yerda ularga elektron deklaratsiyalashdan tortib, bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlariga qadar bo‘lgan amaliyotlar  tushuntirib o‘tildi.  

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat),  

O‘zA muxbirlari