English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kurerlik jo‘natmalari orasida 2 dona dron borligi aniqlandi
09:44 / 2022-11-23

"Navoiy aeroporti" chegara bojxona posti xodimlari tomonidan uchuvchisiz uchish apparati (dron) ning noqonuniy kirib kelishi oldi olindi.

“Istanbul – Navoiy” aviareysi bilan Turkiyadan olib kelingan kurerlik jo‘natmalari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tegishli ruxsatnomasiz, O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, sotish va ulardan foydalanish taqiqlangan qiymati 4 million so‘mlik, 2 dona Xitoyda ishlab chiqarilgan, “Copter” rusumli uchuvchisiz uchish qurilmasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.  

 

O‘zA.