Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kurdiston ishchi partiyasi tarqatib yuboriladi
16:18 / 2025-05-12

Bugun Kurdiston ishchi partiyasi (PKK) o‘zini o‘zi tarqatib yuborishini ma’lum qildi. ”SNN”ga ko‘ra, Turkiya bilan ko‘p yillar davom etgan va o‘n minglab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan mojarodan so‘ng bu tarixiy qadam sifatida baholanmoqda.

Firat axborot agentligi xabariga ko‘ra, PKKning 12-Kongressi partiyaning tashkiliy tuzilmasini tarqatib yuborish va qurolli kurash usulini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Ayni paytda qamoqda saqlanayotgan partiya rahbari Abdulla O‘jalan jarayonlar oxiriga yetkazilishini qo‘shimcha qilgan.

Turkiya hukumati Kurdiston ishchi partiyasi bilan qariyb o‘n yil davomida ziddiyatda bo‘lib kelgani aytiladi. Guruhning mamlakat janubi-sharqida mustaqil kurd davlatini barpo etish istagi ushbu qarama-qarshiliklarga sabab bo‘lib kelgan.

Musulmon Ziyo, O‘zA