Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kurashchilarimiz Antaliya turnirida 5 ta medalli bo‘ldi
10:31 / 2024-03-11

Turkiyaning Antaliya shahrida sport kurashlari bo‘yicha poyoniga yetgan “Yasar Dogu & Vehbi Emre” xalqaro turnirida mamlakatimiz sportchilari 5 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Xabar berganimizdek, xalqaro turnirning dastlabki kunlaridagi bahslarda yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, xalqaro turnir yakunida erkin kurashchilarimiz 2 ta bronza medaliga egalik qildi.  

Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Behruzbek Turanmuratov 74 kilogrammgacha bo‘lgan og‘irlikda, Bobur Islomov 86 kilogrammlik vaznda 3-o‘rinni band etdi.  

10 dan ziyod davlat vakillari ishtirok etgan mazkur xalqaro turnirda mamlakatimizning erkin, yunon-rum va ayollar kurashi vakillarining 30 nafari ishtirok etdi.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA