English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kurashchilar viloyat chempionatida bahslashdi
16:10 / 2026-02-04

Namangan shahridagi yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi.

Nufuzli musobaqada viloyatning barcha shahar va tumanlaridagi sport maktablaridan 150 nafardan ziyod iqtidorli kurashchi ishtirok etdi. Bellashuvlar yuqori saviyada, qizg‘in va murosasiz ruhda kechdi.

Viloyat chempionati yosh kurashchilarning mahorati va jismoniy tayyorgarligini oshirish, kuchli sportchilarni aniqlash hamda kelgusida respublika va xalqaro musobaqalar uchun saralab olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA