Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kurashchilar uchun yangi maskan foydalanishga topshirildi
15:35 / 2026-02-11

Guliston shahrida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, ayniqsa yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish yo‘lida yana bir muhim qadam qo‘yildi. Xususan, Ulug‘ yo‘l mahallasida joylashgan 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida zamonaviy sport kurashlari zali barpo etilib, tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Yangi sport inshooti 15×30 metr o‘lchamga ega bo‘lib, unda sportchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Jumladan, yuvinish va kiyinish xonalari, shuningdek, murabbiylar uchun alohida ish xonalari zamonaviy talablar asosida jihozlangan. Qurilish ishlarini amalga oshirish uchun jami 1 milliard 500 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.  

[gallery-27591]

Mazkur sport zalida bir vaqtning o‘zida erkin kurash, yunon-rum kurashi hamda ayollar kurashi yo‘nalishlari bo‘yicha 200 nafarga yaqin yosh sportchilar muntazam mashg‘ulot olib borishi mumkin. Bu esa hududda iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning mahoratini oshirish va katta sportga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sport inshootining ochilish marosimida Sirdaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Murod Sulaymonov hamda viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Bo‘ronovlar ishtirok etishdi.  

Tadbirda so‘zga chiqqan mutasaddilar mamlakatimizda sport sohasiga qaratilayotgan doimiy e’tibor, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida ta’kidladilar.

Shuningdek, yangi barpo etilgan sport kurashlari zali kelgusida xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qila oladigan chempion sportchilarni tayyorlashga xizmat qilishi, yosh avlodni sportga keng jalb etish orqali sog‘lom va barkamol jamiyatni shakllantirishda muhim o‘rin tutishi aytib o‘tildi.

G‘ulom Primov, Anvar To‘ychev (surat), O‘zA