Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kurashchilar “Olimpiya shaharchasi”da bellashmoqda
14:34 / 2025-12-10

Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da joylashgan yakkakurash sport turlariga ixtisoslashgan sport majmuasida kurash bo‘yicha “O‘zbek polvoni” va “Prokuror polvoni” respublika chempionati bahslari boshlandi.

Hududlardan hamda huquqni muhofaza qilish idoralarining 120 nafardan ziyod mahoratli kurashchi yigit-qizlari turli vazn toifasida bellashmoqda.

Bugun, 10 dekabr kuni musobaqalarning tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqan Xalqaro kurash assotsiatsiyasi bosh kotibi Rizo Naseri hamda O‘zbekiston kurash federatsiyasi bosh kotibi Alisher Eshonqulov kurash sport turi bu - jasorat, sabr-toqat va vatanparvarlik ramzi ekanini ta’kidlab, musobaqalar orqali uning ommaviyligi ta’minlanib kelinayotganini e’tirof etdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrab, bahslarga izn berildi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA