Urganch shahrida kurash bo‘yicha an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan IV Markaziy Osiyo xalqaro turniri yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 8 ta oltin, 6 ta kumush, 13 ta bronza medali bilan umumjamoada 1-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Afg‘oniston davlatlaridan kelgan 2008–2009-yillarda tug‘ilgan iqtidorli sportchilar ishtirok etgan xalqaro turnirda yosh kurashchilar 10 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun bellashdi.


Kutilganidek yurtimiz polvonlari umumiy hisobda 27 ta medal bilan yetakchilikka egalik qilgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarni 1 ta oltin, 7 ta bronza medali bilan Turkmaniston, 1 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medaliga ega chiqqan Tojikiston terma jamoalari band etishdi.

G‘olib va sovrindor kurashchilar Xalqaro kurash assotsiatsiyasi, O‘zbekiston kurash federatsiyasi, Xorazm viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi hamda tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA