English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kurash: polvonlarimiz jahon chempionatida yana uchta oltin medalni qoʻlga kiritdi
21:37 / 2019-09-03

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Janubiy Koreyaning Chongju shahri mezbonlik qilayotgan Butunjahon jang sanʼatlari festivali doirasida kurash boʻyicha navbatdagi jahon chempionati bahslari ham oʻtkazilmoqda.


Xabaringiz bor, ayni kunlarda Janubiy Koreyaning Chongju shahri mezbonlik qilayotgan Butunjahon jang sanʼatlari festivali doirasida kurash boʻyicha navbatdagi jahon chempionati bahslari ham oʻtkazilmoqda.

Musobaqaning ikkinchi kunida ishtirokchilar beshta vazn toifasida gʻoliblik uchun gilamga tushishdi. Jumladan, erkaklar -81 hamda -90 kg, ayollar esa -57, -63 va -70 kg.da dunyo birinchiligini qoʻlga kiritish uchun kurashdi. Quvonarlisi, bugungi bellashuvlar ham vakillarimiz uchun muvaffaqiyatlarga boy boʻldi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Chunonchi, erkaklar oʻrtasidagi har ikki vazn toifasida ham oltin medallar yurtimiz polvonlari koʻksini bezagan boʻlsa, ayollardan faqat -70 kg vazn toifasida gilamga tushgan Nilufar Ergasheva jahon chempioni, degan yuksak nomga sazovor boʻldi.

Bugungi bellashuvlarning barcha sovrindorlari bilan tanishing:

Kurash. Jahon chempionati. Chongju (Janubiy Koreya)

Erkaklar. – 81 kg.

1. Sarvar Shomurodov (Oʻzbekiston)

2. Ilyos Ali Akbari (Eron)

3. Chun-Ta Xuang (Xitoy Taypeyi)

3. Haqnazar Nazarov (Tojikiston)

-90 kg.

1. Shermuhammad Jandriyev (Oʻzbekiston)

2. Omid Taztak (Eron)

3. Ajmalsh Isʼhoq Zai (Afgʻoniston)

3. Aleksis Plantard (Fransiya)

Ayollar. – 57 kg.

1. Xyong Jeong Li (Janubiy Koreya)

2. Gulshat Nasirova (Turkmaniston)

3. Saovalak Xomklin (Tailand)

3. Mahliyoxon Yuldosheva (Oʻzbekiston)

-63 kg.

1. Yu-Ching Cheng (Xitoy Taypeyi)

2. Dinara Xalliyeva (Turkmaniston)

3. Hasani Najmu Shifa (Indoneziya)

3. Ji Von Park (Janubiy Koreya)

-70 kg.

1. Nilufar Ergasheva (Oʻzbekiston)

2. Siti Latifa (Indoneziya)

3. Chia-Ling Liu (Xitoy Taypeyi)

3. Mariya Loxova (Turkmaniston)