Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kurash: Parijda kurash bo‘yicha xalqaro turnir sovrindorlari aniqlandi
11:12 / 2025-07-23

Fransiya poytaxti Parij shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda Niderlandiya, Buyuk Britaniya va O‘zbekiston sportchilari g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.

Eyfel minorasi yonida tashkil etilgan xalqaro turnirda 20 dan ortiq davlatning eng kuchli kurashchilari ishtirok etdi.

Mukofot jamg‘armasi 30 yevrodan iborat xalqaro turnir musobaqalarida kurashchi yigitlar -90 va +90 kilogramm og‘irlikda, ayollar -70 hamda +70 kilogramm vazn toifasida bellashdi.

Xalqaro kurash assotsiatsiyasi, Yevropa kurash konfederatsiyasi, Fransiya va O‘zbekiston kurash federatsiyalari hamkorligida tashkil etilgan turnirning ayollar o‘rtasida -70 kilogramm vazn toifasidagi bahslarida niderlandiyalik Naomi Overkamp 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, keyingi pog‘onalarni ukrainalik Yuliya Xrebenozko, o‘zbekistonlik Muxlisaxon Qodirberganova, gruziyalik Mari Makarashvili band etdi.

+70 kilogramm vaznda Buyuk britaniyalik Chloe Jessika bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Gruziyalik Elena Kebadze, Buyuk britaniyalik Daniyelle Elizabet, fransiyalik Mbairo Anne Fatoumata sovrindor bo‘ldi.

Erkaklar o‘rtasidagi musobaqalar qiziqarliligi bilan alohida ajralib turdi. O‘zbekistonlik Alixon Nodirov(-90) va Sherali Jo‘rayev (+90) o‘z vazn toifalarida tengsiz ekanini namoyish etgan vaziyatda Ismail Muhammad Kakar ( Afg‘oniston), Cyedrik Benjamen(Fransiya), Suratullo Ikramov (Tojikiston), Martin Matijass (Germaniya), Zurab Chagelishvili (Gruziya) kabi polvonlar kumush va bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA