FOTOREPORTAJ
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida qad rostlagan kurash mahorat maktabi yosh avlodning iroda qanotlarini mustahkamlaydigan, intilish ruhini jo‘sh urdiradigan va milliy o‘zlikni anglashga chorlaydigan dargohdir. Bu maskanda kurash nafaqat jismoniy mashq, balki ruhiy tarbiya, asrlar qa’ridan kelayotgan bebaho meros va zamonaviy yutuqlarning betakror uyg‘unligidir.
Maktab o‘z bag‘rida 120 nafar o‘quvchini jamlagan. Bu yerda kurash bilan bir qatorda Olimpiya o‘yinlaridan o‘rin olgan boshqa yakkakurash turlari ham yo‘lga qo‘yilgan. Har bir sportchi zamonaviy talablarga javob beradigan maxsus forma, anjomlar va barcha zarur sharoitlar bilan ta’minlangan.
Maskanning 16 nafar malakali murabbiy jamoasi nafaqat sport ustalaridan, balki o‘z kasbining fidoyilari, yosh avlodga bilim berish va ularni yetuk insonlar qilib tarbiyalashdek sharafli ishga bel bog‘lagan ustozlardan iborat. Ularning har biri o‘z shogirdiga nafaqat kurash sirlarini, balki hayot saboqlarini ham o‘rgatishga intiladi. Jahon arenalarida O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘taradigan yangi chempionlarni yetishtirish, sport kurashlarini ommalashtirish, yoshlarni sportga jalb qilish va ularning salomatligini mustahkamlash jamoaning asosiy maqsadidir.
[gallery-25306]
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA