Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kurash: “IKA Registration System” ishga tushiriladi
09:13 / 2023-06-10

Xalqaro kurash assotsiatsiyasida yangi “IKA Registration System” tizimini yaratish ustida izlanishlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda assotsiatsiya matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Kelgusida Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tizimidagi musobaqalarning ishtirokchilari onlayn ro‘yxatdan o‘tish orqali chempionatlarda, rasmiy turnirlarda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Yangi tizimni yaratish borasida o‘zbekistonlik hamda assotsiatsiyaning xorijiy vakillari tomonidan keng qamrovli izlanishlar olib borilmoqda.

“IKA Registration System” tizimida ro‘yxatga olish, mehmonxona va kelish-ketish jadvallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali sinovdan o‘tkazishga tayyorlanmoqda. Tizimni hamma uchun oson va tushunarli, foydalanuvchilar uchun qulay qilish borasida turli qarashlar, takliflar o‘rganib chiqilmoqda.

Mazkur tizim joriy yil oktyabr oyida Italiyada o‘tadigan Yevropa chempionatida rasman ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Milliy sport turimiz kurashni xalqaro maydonda ommalashtirish, uning infratuzilmasini xalqaro talablarga binoan yaratish ota-bobolarimizdan meros an’analar, urf-odatlar, qadriyatlar qadr topishiga xizmat qilishiga qaratilganligi bilan e’tiborlidir.

T. Ro‘ziyev, O‘zA