Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kurash: Erondagi siyosiy vaziyat sababli jahon chempionati qoldiriladimi?
13:59 / 2026-01-12

Eron Islom Respublikasida yuz bergan siyosiy vaziyat tufayli joriy yilning 31 yanvar-5 fevral kunlari Bojnord shahrida o‘tkazilishi belgilangan milliy sportimiz kurash bo‘yicha XV Jahon chempionati savol ostida qolmoqda.

Xalqaro kurash assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, vujudga kelgan siyosiy vaziyat sababli jahon chempionatini o‘tkazish borasida Eron yoshlar va sport vazirligi hamda Eron kurash federatsiyasi bilan uzviy va muntazam muloqot olib borilmoqda.

Dunyodagi kurash federatsiyalari vakillari va kurashchilarning xavfsizligi ustuvor masala ekanligidan kelib chiqib, bugun, 12 yanvar kunning ikkinchi yarmida Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi Boshqaruv qo‘mitasining shoshilinch yig‘ilishi o‘tkazilishi belgilandi. Yig‘ilishda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi ijroiya qo‘mitasi a’zolari, tegishli hamkor tashkilotlar vakillarining ishtiroki ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilishda mazkur jahon chempionati masalasi ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

T.Ro‘ziyev, O‘zA