English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kurash Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlarida
15:42 / 2022-09-19

Xalqaro etnosport konfederatsiyasi tashabbusi bilan joriy yil 27 sentyabr – 3 oktyabr kunlari Turkiyaning Bursa viloyatida Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

To‘rtinchi marotaba o‘tkazilayotgan ushbu nufuzli sport va madaniyat festivali dasturidan 20 ta sport turi joy olgan bo‘lib, e’tiborlisi, ular qatoriga milliy sport turimiz kurash ham kiritilgan.

Musobaqalar nizomiga ko‘ra, Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlari 28 sentyabrdan boshlanadi. Festivalning rasmiy ochilish marosimi 29 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, milliy qadriyatimiz kurash 2018 yildan beri ushbu o‘yinlar dasturiga kiritilgan bo‘lib, tizimli tarzda musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda.  

Festivalning bu yilgi dasturiga binoan kurash musobaqalarida sportchilar 6 ta vaznda bellashadi. Erkaklar -81 kg,  90 kg va +90 kilogrammda, ayollar esa  63 kg,  78 kg hamda +78 kilo og‘irlikda bahslashadi.

Bursa kurash gilamida o‘tadigan musobaqalarning mukofot jamg‘armasi 220 ming turk lirasi (12000 AQSH dollari) etib belgilangan.

 

T.Ro‘ziyev, 
O‘zA