Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kurash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston chempionlari aniqlandi
16:49 / 2023-03-24

Nukusda kurash bo‘yicha 2005-2006 yillarda tug‘ilgan o‘smir yigitlar hamda qizlar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi chempionati bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O‘zbekiston kurash federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan musobaqada 12 ta jamoadan 156 nafar sportchi ishtirok etdi.

Ikki kun davom etgan musobaqa yakunida o‘smirlar o‘rtasida Mo‘ynoq tumanidan Samandar Sarsenboyev, Hasan Aytmuratov, Qorao‘zak tumanidan Anvar Sarsenboyev, Nukus shahridan Damir Otaniyozov, Sanjar Jumaniyazov, Asilbek Abillayev, Meyrambek Abdirasuliyev, Azimxon Tajiboyev, Nukus tumanidan Paraxat Yerejepov, Chimboy tumanidan Nursulton To‘liboyev, Qo‘ng‘irot tumanidan Turar Sapakov, qizlar o‘rtasida Qonliko‘l tumanidan Shaxnoza Abatboyeva, Nukus shahridan Dinora Uralboyeva,  Sevara Seytimbetova, Aziza Aralova, Ozoda Medetboyeva, Aygul Adilboyeva, Qorao‘zak tumanidan Jursinoy Bozorboyeva, Kegeyli tumanidan Umida Yeshniyazova, Guliston Pirimbetovalar o‘z vazn toifalarida g‘olib bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi chempionligini qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrinli o‘rin egalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri