Kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi
Buxoro olimpiya zaxiralari kollejida erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasida kurash bo‘yicha mamlakat chempionati boshlandi.
Buxoro olimpiya zaxiralari kollejida erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasida kurash bo‘yicha mamlakat chempionati boshlandi.Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 700 ga yaqin polvon ishtirok etmoqda.
Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol voyaga yetkazish, sportning milliy kurash turini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, buning samarasida milliy kurashimizning xalqaro nufuzi yildan-yil oshib borayotgani ta’kidlandi.
Marosim yosh sportchilarning ko‘rgazmali chiqishi va konsert dasturi bilan yakunlandi.
Shundan so‘ng, kurash musobaqalari boshlandi. 25 fevralda nihoyasiga yetadigan chempionatda 7 vazn toifasida erkaklar va 8 vazn toifasida xotin-qizlar o‘rtasida g‘oliblar aniqlanadi.
Tadbirda Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev so‘zga chiqdi.