Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuper shogirdlari Iroq termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
14:11 / 2019-08-27

Xabaringiz bor, 5 sentabrdan 2022 yilgi jahon chempionati ikkinchi saralash bosqich uchrashuvlariga start beriladi.


Xabaringiz bor, 5 sentabrdan 2022 yilgi jahon chempionati ikkinchi saralash bosqich uchrashuvlariga start beriladi.

Saralash bahslarining “D” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘zining dastlabki o‘yinini safarda Falastinga qarshi o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv Al-Ram shahridagi Falastin terma jamoasining uy o‘yinlarini o‘tkazadigan “Faisal Al-Husseini” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin bizning vaqtimiz bilan soat 19:00da boshlanadi, deb xabar beradi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti.

Shuningdek, 10 sentabr kuni JCh-2022 saralash bahslari doirasida 2-tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Taqvimga ko‘ra Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bu turda dam oladi. FIFA kunidan unumli foydalanish maqsadida O‘zbekiston terma jamoasi 9 sentabr kuni Iroq milliy termasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadigan bo‘ldi. Mazkur o‘rtoqlik o‘yini Iordaniya poytaxti Amman shahrida tashkil etiladi.