Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kunning yorug‘ vaqtida chiroqlarni yoqib qo‘yish jarima solinishiga sabab bo‘lishi mumkin
20:13 / 2024-04-14

Joriy yilning shu vaqtiga qadar «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan iste’molchilarni energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 1 ming 858 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi. Ushbu aniqlangan holatlarning 247 tasi elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarlik hisoblanadi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 100-moddasiga muvofiq, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya’ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati bo‘lmagan holda to‘liq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qo‘yish (kunning yorug‘ vaqtida chiroqlarni yoqib qo‘yish), yoritish uchun elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanish holatlari uchun javobgarlik mavjud.

Ta’kidlash joizki, bu kabi qoidabuzarlik uchun mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.  

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, mansabdor shaxslarga BHM 15 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilangan, deyiladi «O‘zenergoinspeksiya» axborot xizmati xabarida.

O‘zA