Kuniga 400 ming dona tuxum
Samarqand viloyatida parrandachilikni rivojlantirish, aholiga tuxum va parhez go‘sht yetkazib berish hajmini oshirish, ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Samarqand viloyatida parrandachilikni rivojlantirish, aholiga tuxum va parhez go‘sht yetkazib berish hajmini oshirish, ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.Buni Samarqand tumanidagi “Ilonsoy naslli parranda” korxonasi faoliyati misolida ham ko‘rish mumkin. Korxona parrandachilik sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va fermer xo‘jaliklari, oilaviy tadbirkorlarni naslli parranda bilan ta’minlashga ixtisoslashgan.
Zamonaviy, avtomatik boshqariladigan texnologiya bilan jihozlangan xo‘jalikda kuniga 400 ming tuxum olinmoqda. Inkubatorda 20-21 kun maxsus haroratda saqlangan tuxumdan ochirilgan jo‘jalar buyurtmachi talabiga qarab 90 kungacha parvarishlanadi. Korxona mutaxassislari shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarida parrandachilikni tashkil etayotgan aholiga zarur maslahat va tavsiyalar berishga ham alohida e’tibor qaratadi.