Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kundai Juvoz qishlog‘i manzaralari
15:08 / 2024-09-07

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi Kundai Juvoz qishlog‘i xushmanzara tabiati va samimiy insonlari bilan tilga tushgan.  

[gallery-19145]

Qishloq tuman markazidan 55 kilometr uzoqlikda joylashgan. Tog‘lar qo‘ynidan bo‘y ko‘rsatgan qishloqning havosi musaffo, tabiati betakror, mevalari totli, odamlari tanti va mehmondo‘st. Bu yerga kelgan kishining bahri dili yayraydi.  

Kundai juvozliklar asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Ro‘zg‘or uchun zarur qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining deyarli barchasi tomorqalarda yetishtiriladi. Iste’moldan ortgani bozorga chiqariladi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA