Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kunchiqar yurt vakili muzeyda bo‘ldi
19:55 / 2021-10-24

O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tashrif buyurgan xalqaro jurnalist, Yaponiyaning “The Sekai Nippon” gazetasi bosh muharriri Sususu Fujixasi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyiga keldi.

Mehmon ushbu muzeyda saqlanayotgan miniatyura san’atiga oid asarlar, nodir qo‘lyozma va toshbosmalar, tarixiy hujjatlar, amaliy san’at asarlari va boshqa eksponatlar bilan tanishdi.

Kunchiqar yurt vakiliga ajdodlarimiz madaniy merosi namunalarini o‘zida to‘plab, ko‘z qorachig‘idek asrab kelayotgan ushbu maskan faoliyati haqida ma’lumot berildi.

- O‘zbekiston hududlari eng qadimgi davrlardan boshlab jahon sivilizatsiyasining o‘choqlaridan biri ekanligiga ilmiy jihatdan hech qanday shubha yo‘q. Yurtingizning boy madaniy merosi, san’ati doimo meni o‘ziga jalb qilgan. 

Bugun shu imkoniyatga ega bo‘lganimdan, Sharq miniatyura san’atida o‘chmas hissasi bo‘lgan buyuk ajdod namoyandalaringiz ijodi namunalaridan tanishganimdan, ulkan taassurot olganimdan juda mamnunman, — dedi Sususu Fujixasi.

N.Usmonova, O‘zA