KUN TARIXIDA: 2 dekabr – Qullikni bekor qilish uchun xalqaro kurash kuni
Xalqaro mehnat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 40 milliondan ortiq kishi zamonaviy quldorlik qurboniga aylanishgan. Ularning asosiy qismi qullikning odam savdosi, jinsiy zo‘ravonlik, majburiy nikoh, qurolli to‘qnashuvlarda bolalarni noqonuniy yollash singari turlariga jalb qilingan.
Bunday holatlarga chek qo‘yish maqsadida 1949 yil 2 dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasi tomonidan «Odam savdosi va fohishabozlikdan uchinchi shaxslar tomonidan foydalanishga qarshi kurash to‘g‘risida» Konvensiya qabul qilingan.
Mazkur kunni keng miqyosda nishonlashdan maqsad qullikning har qanday ko‘rinishini yo‘qotish uchun barcha choralarni safarbar etish, odam savdosi, jinsiy zo‘ravonlik va majburiy mehnatga jalb qilingan insonlarning haq-huquqlarini himoyalash, dunyo jamoatchiligiga bu boradagi ahvol xususida haqqoniy axborotlarni yetkazishdan iborat.
O‘zA