Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kun mavzusi: dorivorchilik klasterlari va kadrlar saviyasi
17:33 / 2020-12-11

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida kadrlar sifatini oshirish va yoshlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida oliy ma’lumotli kadrlar salmog‘i 22 foizga, jumladan, oliy ma’lumotli o‘rmonchi mutaxassislarni ishga qabul qilish ko‘rsatkichi 57 foizga yetkazildi.

      Tizim tashkilotlariga joriy yilning o‘tgan davrida 162 nafar bitiruvchi hamda “Manzilli reja” bo‘yicha 2182 nafar yoshlarlar jalb etildi.

       Bu haqida “O‘rmon xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash, ularni malakasini oshirish, sohani mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash, shu jumladan yoshlarni ish balan band qilish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g‘risida” mavzusidagi matbuot anjumani ma’lum qilindi.

    Unda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni to‘la qondirish maqsadida Toshkent davlat agrar universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar haqida axborot berildi.

    Qayd etish kerakki, joylarda mutaxassislar bir -birini vazifalarini takrorlashi, bilim darajasi pastligi yoki mutaxassis o‘rnida ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar ishlab kelayotgan holatlari ham uchramoqda. Shu bois pandemiya sharoitida karantin talablariga rioya qilgan holda 250 nafar mutaxassisning malakasi oshirildi.  

    2019-2020 yillarda o‘rmon xo‘jaligi sohasi rivojlangan davlatlar AQSH, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlarda 75 nafar xodim qisqa muddatli malaka oshirish (stajirovka) kurslarida bo‘ldilar.  

  – Joriy yilda soha bo‘yicha 11 nafar tayanch doktorant turli ilmiy-tadqiqot markazlarida tahsil olib, ilmiy izlanishlar olib bormoqda, - deydi  Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi bosh mutaxassisi Bahriddin Hofizov. – Shuningdek, 2021 yilda O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutida doktorantura bosqichida ta’lim olish uchun 4 nafar yosh tadqiqotchi qabul qilindi. Tizimga xodimlarni ishga qabul qilish mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda ochiq tanlovlar umumiy qabul qilingan mezonlar, xodimning malakasi, shaxsiy va kasbiy mahoratlarini hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda.  

     Ayni vaqtda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida kadrlar bilan ishlashni takomillashtirish maqsadida mehnat daftarchalarini elektron tarzda yuritish tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

     Matbuot anjumanida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi “Shifobaxsh” dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash markazi negizida Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida dorivor o‘simliklarni yetishtirishga ixtisoslashgan G‘allaorol, Kogon hamda Urgut ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaliklari tashkil etilgani ma’lum qilindi.

Shuninndek,  kelgusi  yildan dorivorchilik klasterini tashkil etish rejalashtirilmoqda.