French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
KUN MAVZUSI: «Dok-1 Maks» dori vositasi atrofida bo‘layotgan voqealar tafsiloti
00:45 / 2023-01-05

Kuni kecha Prezidentimizning tegishli farmoni bilan Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangan Amrillo Inoyatov 2022 yilda Quramaxning mamlakatimizga import qilgan barcha dorilari savdosini to‘xtatish haqida ko‘rsatma berdi.

Ma’lum qilinishicha, «Dok-1 Maks» va «Ambronol» preparatlarining ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomalarini bekor qilish to‘g‘risida 2022 yilning 29 dekabr kuni Toshkent shahar sudiga da’vo arizasi kiritilgan.

Shuningdek, Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi tomonidan o‘tkazilgan “Dok-1 Maks” hamda “Ambronol” dori vositalarining chuqurlashtirilgan sifat nazorat natijalariga ko‘ra, ushbu preparatlar normativ hujjatda ko‘rsatilgan tarkibga nomuvofiqligi aniqlangan.

Xususan, ularning ayrim seriyalarida propilenglikol moddasi o‘rniga yoki u bilan birga etilenglikol va dietilenglikol moddalari mavjudligi ma’lum bo‘lgan. Aholi salomatligini muhofaza qilish va qolgan dorilarni ham qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazish maqsadida ehtiyot chorasi sifatida “Quramax Medical” MCHJ tomonidan 2022 yil yurtimiz hududiga olib kirilgan barcha preparatlar sotuvi to‘xtatilgan.

Avvalroq esa Hindiston Savdo va sanoat vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari eksportini qo‘llab-quvvatlash kengashi O‘zbekistonda eng kamida 19 nafar bola o‘limidan so‘ng «Dok-1 Maks» siropini ishlab chiqaruvchi Marion Biotech kompaniyasining ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini to‘xtatib qo‘ydi. O‘zbekiston farmatsevtika agentligi Hindistonning Toshkentdagi elchixonasiga «Dok-1 Maks» preparatidagi etilenglikol miqdori me’yordan 300 baravar yuqori ekanini ma’lum qildi.

2023 yil SSV uchun “Korrupsiyaga qarshi kurash yili” bo‘ladi

Bugun Prezidentimizning  Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda SSV rahbari — Amrillo Inoyatov tizimdagi korrupsion holatlarnitilag oldi  va birinchi navbatda ularga barham berish kerakligini ta’kidladi. Vazir “ishga joylashtirish, ayniqsa, hamshiralarni, tug‘uruqxonalardagi “suyunchi puli”, “kesarcha kesish” uchun belgilangan stavkalar, order berishdagi tanish-bilishchilik kabi illatlarni sanab o‘tdi. Buni amalga oshirayotgan shaxslar tufayli tizim sha’niga dog‘ tushayotganini ta’kidlab, yangi yilni tizimda “Korrupsiyaga qarshi kurash yili” deb e’lon qildi.

Bundan tashqari vazir, vazirlikning maxsus “Ishonch telefoni” tashkil etilib, ishonch telefoni sifatida o‘z shaxsiy raqami ham kiritilishini bildirdi.

SSV Paratsetamol tarkibida virus borligi bilan bog‘liq xabarlarga oydinlik kiritdi.

Kuni kecha ijtimoy tarmoqlarda paratsetamol xapdorisining tarkibida o‘limni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan virus mavjudligi bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bu yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi va qadog‘ida “R/500” yozuvli paratsetamol tarkibida virus mavjudligi haqidagi xabarlar asossiz ekanini bildirdi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash vazirligi har bir dori vositasi, xususan, paratsetamol tabletkasini ham shifokor tavsiyasi asosida, tegishli ko‘rsatma bo‘lgandagina qabul qilish lozimligini eslatib o‘tgan.  

Bojxona omborida 60 ming quti Dok-1 Maks dorisi ushlab  turilmoqda

Bojxona omborida joriy yil dekabr oyida keltirilgan Dok-1 Maks dori vositasining 3 ta partiyasi, ya’ni salkam 60 ming qutisi qat’iy nazorat ostida saqlanmoqda.  Bu haqda O‘zAga Respublika Davlat Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Bundan tashqari, ilgari keltirilib, erkin muomalaga chiqarilishi lozim bo‘lgan yana 2 ta partiyadagi ushbu dori vositasi ham ushlab turilmoqda. Bojxona organlari tomonidan salbiy holatlar kuzatilgan ilk kunlardanoq dori vositasini erkin muomalaga chiqarmaslik uchun barcha choralar ko‘rilgan va hozirda qat’iy nazorat ostida, deya ma’lum qildi Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasining axborot xizmati.  

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida esa aniqlangan 719 ta bojxona qonunbuzilishi holatlarida qiymati 24,4 mlrd. so‘mlik dori vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yilgan.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/M9kDapxZeVM" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>